SOG’IN SIGIRLAR GEMATOLOGIK KO’RSATKICHLARI VA SUT MAHSULDORLIGIGA MIOSTA H® PREPARATINING TA’SIRI
Заголовок публикации
01.08.2024
Kalit so'zlar: Miosta H®, suspenziya, simmental zoti, ratsion, sut mahsuldorligi, "BIOBASE" gemoanalizatori, eritrositlar, gemoglobin, aminokislotalar
Mavzuning dolzarbligi. Veterinariya fani va amaliyoti oldiga fermer xo’jaliklariga qarashli chorva mollarining kasalliklariga qarshi kurashish va davolashning hamda hayvonlar mahsuldorligini oshirishning samarali va kamchiqim usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali mahsulotlar tan narxini kamaytirishga erishishdek dolzarb vazifalar qo’yilmoqda.
Adabiyot ma’lumotlarining tahlili va shaxsiy kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, respublikamizning chorvachilik fermer xo’jaliklariga chetdan keltirilgan mahsuldor sigirlarda modda almashinuvlarini rag’batlantirish orqali sut mahsuldorligini oshirish va mahsulotlar ozuqaviy sifatini yaxshilashning samarali, turli nospesefik stimullovchi ta’sirga ega vositalarni qo’llashga asoslangan usullari to’ liq ishlab chiqilmagan.
Shu maqsadda tajribalarimizda o’rganilgan Rossiya Federasiyasi Voronej oblastining Bobrovskiy rayoni janubiy g’arbiy kadastr kvartal qismi 36:02:5400027 «BIOSTIM» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan Miosta H® preparati in’eksiya uchun mo’ljallangan suspenziya bo’lib, 1 ml preparat tarkibida 2 mg – faol reseptor rekombinant oqsili (ActRIlb)
va shakl beruvchi moddalar saqlaydi.
Tadqiqotlar maqsadi. Miosta H® oqsilli va amino-kislotali preparatning sigirlarda qonning morfobiokimyoviy ko’rsatkichlari va sut mahsuldorligiga ta’sirini o’rganish.
Tadqiqot joyi, obyekti va uslubiyatlar. «Miosta H® MChJ» tomonidan tavsiya etilayotgan suspenziya holidagi Miosta H® oqsilli va aminokislotali preparatni sigirlarda qonning morfobiokimyoviy ko’rsatkichlari va sut mahsuldorligi hamda sutning yog’liligiga ta’sirini o’rganish maqsadida Samarqand viloyati fermer xo’jaliklariga qarashli simmental zotli sog’in sigirlarda ilmiy-tadqiqot tajribalari o’ tkazildi.
Tajribalar uchun 10 bosh simmental zotli sog’in sigirlar»o’shash juftliklar» tamoyili asosida tanlanib, ular 5 boshdan sigirlar bo’lgan tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi, birinchi (tajriba) guruhidagi sigirlarga birinchi marta tajribalar boshlanishida va ikkinchi marta tajribalarning o’n beshinchi kunida Miosta H® preparatidan har ikki tamonodan bo’yinning o’rta qismida muskul orasiga 2,5 ml, jami – 5 ml yuborildi. Nazorat guruhidagi sigirlar faqat xo’jalikda joriy etilgan ratsionda parvarishlandi. Miosta H® preparatni qo’llashda tasdiqlangan yo’riqnoma ko’rsatmalariga to’liq amal qilindi, belgilangan do’zalarda va muddatlarda in’eksiya o’tkazildi. Tajribadagi sigirlar ratsioni tarkibi va to’yimliligi bo’yicha tahlil qilinib, sigirlar organizmining to’yimli va biologik faol moddalarga nisbatan ehtiyojlarining qondirilish darajasi o’rganildi.
Preparatning sigirlar organizmiga ta ‘sirini o’rganish maqsadida tajriba va nazorat guruhidagi sigirlardan tajribalarni boshlashdan oldin va tajribalaming o’ttizinchi kunida qon olinib, «BIOBASE» gemoanalizatorida (VITI) tekshirishlar o’tkazildi. Bunda qondagi eritrositlar soni, gemoglobin, umumiy oqsil, glyukoza miqdorlari aniqlandi. Tajribalarni boshlashdan oldin, tajribalar davomida va har 10 kunda bir marta sigirlarning sut mahsuldorligi, sutning yog’liligi va zichligi ko’rsatkichlari Samarqand viloyati Oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyasida «LAKTAN « ekspress analizatori yordamida aniqlandi.
Olingan natijalar tahlili. Xo’jalikda sog’in sigirlar guruh usulida (har guruhda 5 bosh) bog’lamasdan parvarishlanadi. Oziqlantirish bir kunda uch marta, sug’orish suv oxirlari yordamida amalga oshiriladi. Sigirlar asosan bir joyda saqlanib, ular uchun faol ratsion va quyosh nurlari yetishmaydi.
Sigirlar ratsioni silos-konsentrat tipida bo’lib, tarkibi 30 kg silos (56,6%), 10 kg senaj (17,2%), 2 kg beda pichani (3,4%), 4 kg konservalash qoldiqlari (6,9%), 4 kg bug’doy yormasi (6,9%), 5 kg makka yormasi (8,6%), 2 kg kungaboqar shroti (3,4%), 1 kg soya shroti (1,7%), 100 g o’simlik moyi, 150 g bor, 150 g osh tuzi, 200 g primeks-dan iborat. Ratsionning umumiy
to’yimligi o’rtacha 24,0 ozuqa birligiga teng. Qand-protein nisbati 0,38 (me’yor 1-1,2:1) ni, fosfor-kalsiy nisbati 0,38 ni (me’yor – 2,0:1) tashkil etdi.
Tajribalar davomida preparatning tajriba guruhidagi sigirlar fiziologik holati, mahsuldorligi va sog’ligiga nojo’ya ta’sirlari aniqlanmadi va aksincha sigirlarda klinik-fiziologik yuborish sigirlarda moddalar almashinuvining yashilanishi, holat yashilanishi qayd etildi.
Tajribalar davomida va Miosta H® preparati takroriy in’eksiyasi o’tkazilgandan keyin fiziologik o’zgarishlar nazorat guruhidagi sigirlarga solishtirilganda preparatning qoramollar organizmida moddalar almashinuvi yaxshilanishi, qonning morfobiokimyoviy ko’rsatkichlari me’yorlashishi, sigirlarda ishtahaning yashilanishi, sog’ib olinayotgan
sut miqdori va yog’lilik darajasining ortishi kuzatilib, preparatni qo’llashda nojo’ya ta’sirlar aniqlanmadi. Tajribalarning oxiriga kelib, tajribalarning boshidagi ko’rsatkichlarga nisbatan qondagi eritrositlarni o’rtacha 4,64 dan 6,51 102/1 ga, gemoglobinni – 74,0 dan 96,5 g/l gacha, 22,5 ga, umumiy oqsilni 66,9 dan 76,6 g/l, glyukozani – 2,18 dan 3,70 mmol/ gacha ko’payishi, nazorat guruhidagi sog’in sigirlarda esa ushbu ko’rsatkichlarda aytarlik o’zgarishlar kuzatilmadi.
Xulosa. Miosta H® preparatini bo’yinning o’rta qismi mushak orasiga, har ikki tomondan 2,5 ml, jami – 5 ml yuborish sigirlarda moddalar almashinuvining yashilanishi, qonning morfologik va biokimyoviy ko’rsatkichlari me’yorlashishi, sog’ib olinayotgan sut miqdori va yog’lilik darajasi ortishini ta’minlaydi.