
Preparatning qoramollar qon ko‘rsatkichlariga ta’siri
10.08.2024

Kirish. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi tobora o‘sishi barobarida, tabiiyki, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham o‘sib bormoqda. Shu tufayli respublikamiz aholisiga ekologik jihatdan toza va sifatli chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berish Ishlab chiqaruvchilar tomonidan "Miosta H®" preparatini chorva mollariga qo‘llashning ularning kundalik vaznining o‘sishi, sut mahsuldorligi va yog‘lilik darajasi oshishiga samarali ta’siri mavjud ekanligi qayd etilgan. Shunga muvofiq, biz ushbu preparatning sigirlar qoni ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish maqsadida tajriba tadqiqotlarini o‘tkazdik.

Tadqiqot obyekti va uslublari. «Miosta H®» preparati bo‘yicha asosiy tadqiqotlarda Surxondaryo viloyati,
Sho‘rchi tumanidagi Soatov Ikrom qoramolchilik fermer xo‘jaligiga qarashli 10 bosh sigirlardan foydalanildi.
Sigirlardan olingan qon namunalar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti, Farmakologiya va toksikologiya kafedrasi laboratoriyasida tekshirildi.
Tajriba sigirlari qonining morfologik ko‘rsatkichlari BIOBASE VK-6190, biokimyoviy ko‘rsatkichlari esa
yarim avtomatlashtirilgan Mindray VA-88A gemoanalyzerlari yordamida aniqlandi.
Dastlab tajribadagi 10 bosh sigirlar 5 boshdan nazorat va tajriba guruhlarga ajratildi. Tajribadagi 5 bosh sigirlarga
«Miosta H®» preparatidan dastlab bo‘yin qismi mushak orasiga 2,5 ml dan yuborildi.
Tajribaning 30 kunidan so‘ng esa ushbu preparatidan ikkinchi marta yana 2,5 ml miqdorida
tajriba sigirlariga qaytadan mushak orasiga yuborildi. Tajribalar 60 kun davomida olib borildi.
Tajribadagi barcha sigirlar kunlik nazoratda bo‘ldi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tajribaning 30 va 60-kunlari tajriba va nazorat guruhi sigirlaridan qon olinib,
laboratoriyada morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar aniqlab borildi.
1-jadval.
«Miosta H®» preparati sigirlar qonining morfologik ko‘rsatkichlarga ta’siri (X±Sx, n=10)

1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, «Miosta H®» preparatidan birinchi marta dastlab 2,5 ml miqdorida mushak
orasiga yuborilgandan so‘ng 30 kundan keyingi tajribadagi sigirlar qon morfologik ko‘rsatkichlari,
nazorat guruhiga nisbatan eritrotsitlar 9,44 % ga, gemoglobin 36,47 % ga, limfotsitlar 2,2 % ga oshganligi
va leykoцitlarning 7,9 % ga, trombotsitlarning esa 3,09 % ga kamayganligi aniqlandi.
Sigirlar qoni biokimyoviy ko‘rsatkichlarida esa umumiy oqsil miqdori 8,49 % ga, albuminlar 15,01 % ga, glyukoza 10,73 % ga,
siydik kislotasi 9,78 % ga oshgan va umumiy bilirubin miqdori 22 % ga, ALT 35,3 % ga, AST 4,5 % ga va xolesterin esa 7,05 % ga kamayganligi aniqlandi.

2-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, «Miosta H®» preparatidan ikkinchi marta sigirlarga 2,5 ml miqdorda mushak orasiga
yuborilib, yana 30 kun o‘tgandan so‘ng qonning morfologik ko‘rsatkichlari nazoratga nisbatan eritrotsitlar 22,59 % ga,
gemoglobin miqdori 54,11 % ga, limfotsitlar 3,33 % ga oshganligi va leykoцitlar 18,29 % ga, trombotsitlar esa 8,88 % ga kamayganligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu tajribalarda sigirlar qoni biokimyoviy ko‘rsatkichlarida nazoratga nisbatan umumiy oqsil miqdori 15,47 % ga,
albuminlar 19,72 % ga, glyukoza 14,28 % ga, siydik kislotasi 11,33 % ga oshganligi va umumiy bilirubin miqdori 26,25 % ga,
ALT 41,9 % ga, AST 5,2 % ga va xolesterin esa 8,21 % ga kamayganligi aniqlandi.
Xulosalar
Miosta H® preparatini qoramolchilik sohasida qo‘llash iqtisodiy samaradorlikni
yuqori darajaga olib chiqish bilan birga mahsuldorlik va reproduktiv xo‘jalikni
ijobiy samaradorligini rivojlantirishni ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Baymatov V.N., Adamushkin V.E., Khannanova A.F. Izmenenie kliniko-bioximicheskix pokazateley u korov pri yodnoy nedostatochnosti. J-l. Vet. №8, 2006. 45-47 b.
Nosirov U.N Qoramolchilik. Toshkent, 2001. 56 b.
Salimov Yu.O, Salimova I.Yu., Khatamov T.T, “Farmakologiya va toksikologiya” darslik, Lesson press. 2023. 456 b.
Urazaev E.A. Enozooticheskaya osteodistrofiya krupnogo rogatogo skota. Kazan 2005. http://www.Ska.ru/15/2692/1.html.
Shaiden K.K. Farmatsevticheskaya promyshlennost: vchera, segodnya, zavtra// Kimyo va Farmatsiya, 2002-№3-s 4-8.
Ekologicheskiy atlas Uzbekistana. Pod red. Akademik MANEB A.E. Ergashev Yunesko, 2007.