O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
05.08.2024
Komissiya raisi: Veterinariya sanitariya ekspertizasi kafedrasi mudiri,
v.f.n., dotsent F.B.Ibragimov.
Komissiya a’zolari: Dotsent U.I.Rasulov, v.f.d., v.b.dotsent V.M.Do’skulov, assistentlar R.U.Suyunov, F.M.Ibragimov, U.Asomiddinov.
Tajriba mavzusi: Miosta H® preparati qo’llanilgan va nazoratdagi go’sht
namunalarini tekshirish
Ijrochi: Veterinariya sanitariya ekspertizasi kafedrasi laboratoriyasi xodimlari.
Komissiyaning xulosasi: «Miosta» MChJ tomonidan universitet rektoriga yo’llangan 2024-yil 5-mart sanasidagi 0403-sonli yo’llanma xatiga asosan quyidagi namunalar qabul qilingan. Tekshirish uchun keltirilgan namunalar.
Miosta H® preparati qo’llanilgan qoramoldan olingan go’shtdan 1000 gr (bundan keyin mantda 1-tajriba Miosta H® deb yuritiladi) va preparat qo’llanilmagan qoramoldan olingan 1000 gr (bundan keyin matnda 2-nazorat deb yuritiladi) go ‘sht
namunalari tekshirish uchun qabul qilingan.
Keltirilgan namunalar O’zDst «Uzstandart» 7269-79 bo’yicha organoleptik va degustatsion baholandi va quyidagicha natijalar olindi. Baholash 9 balli tizimda o’tkazildi. Bulyon (qaynatma) quyidagi ko’tsatkichlar: rangi, hidi, ta’mi, konsistensiyasi, mazzasi bo’yicha baholandi va quyidagicha natijalar olindi:
Tekshirilgan go’sht namunalarining laboratoriya taxlillari natijasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
GOST 25011-81 Go’sht va go’sht mahsulotlari. Oqsilni aniqlash usuli. Bo’yicha namunalardagi oqsil miqdori, GOST 23042-86 Go’sht va go’sht mahsulotlari. Yog’ni aniqlash usuli
bo ‘yicha yog’ miqdori aniqlandi.
Xulosa: Yuqoridagi laboratoriya tekshirish natijalarida Miosta H® preparati qo’llanilgan qoramol go’shtining oqsil miqdori nazorat namunasiga nisbatan 1.21% ga, yog’ miqdori esa 1.4 % ga yuqoriligi hămda uchuvchi yog’ kislotalari 0.9% ga, go’sht tarkibidagi namlik esa 0.94 % ga kamligi aniqlandi. Bundan ko’rinib turibdiki Miosta H® preparati qo’llanilgan qoramol go’shti nazoratdagi go’shtga nisbatan energetik va tovarlilik ko’rinishi jihatdan yaxshi deb baholandi.