Oʻz

Otlarning oyoq bo‘g‘imlarida kechayotgan iringli yallig‘lanish jarayonlarini davolashda preparatning ta’siri

09.06.2024

Kalit so‘zlar: iringli sinovit, kapsulyar flegmona, iringli artrit, trombotsitar autozardob, enrofloksatsin, xondrolon, levomekol, "Miosta H®".

Mavzuning dolzarbligi. Sport va ko‘pkariga qatnashadigan otlarda bo‘g‘im patologiyalari, asosan kuz faslining oxiri,
qish va bahor oylarida ko‘proq uchrashi qayd etilib, respublika xo‘jaliklarida 295 bosh otdan 51 bosh ot (17,3%) da bo‘g‘imning turli yiringsiz yallig‘lanishlari aniqlanib,
ulardan 11 bosh hayvonda o‘tkir sinovit, 18 bosh otda surunkali sinovit va 22 bosh hayvonda esa periartikulyar fibrozit jarayonlarining uchrashi qayd etilgan.
Ko‘pkariga qatnashadigan otlarda oyoq bo‘g‘imlarining ko‘proq shikastlanishi asosiy sabab hisoblanadi. [5,6,7].

Otlarda turli xil shikastlanish va qayta shikastlanish oqibatida yuzaga kelgan bo‘g‘imlardagi surunkali
periartikulyar fibrozitlarda bo‘g‘im degeneratsiyasi, fibroz kapsulaning kattalashishi, bo‘g‘im bog‘lamlarining qalinlashishi, elastikligining kamayishi va hayvon
harakatlanganda kuchli og‘riq paydo bo‘lishi hamda tovon, bilakguzuk va tishoq bo‘g‘imlarining bir tomonlama shikastlanishi kuzatiladi.

Shikastlanishlar oqibatida bo‘g‘imning yiringli yallig‘lanish jarayonlari kuzatilib, kuchli og‘riq, shish, qizarish,
mahalliy haroratning oshishi va funksiyaning buzilishi, tomirlarning giperemiyasi va o‘tkazuvchanligining oshishi bilan xarakterlanadi.

Bo‘g‘imlardagi ochiq jarohatlarga patogen mikroorganizmlarning tushishi, rivojlanishi va ko‘payishi oqibatida shikastlangan
yumshoq to‘qima hujayralarining lizisga uchrashi, yiringli-seroz ekssudatning to‘planishi, atrof qon tomirlar devoridagi nerv retseptorlarining qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lib,
hujayralar bo‘kishi natijasida shishlar hosil qiladi. [8].

Kasallikni o‘z qoni bilan davolash, ya’ni autogemoterapiyadan tashqari, turli fraksiyalarni, ya’ni shaklli qizil qon hujayralari
massasi [3], leykotsitar plazmasi [2] va trombotsitlarga boy plazma terapevtik maqsadlarda qo‘llash usullarini o‘z ichiga oladi. Trombositlarga boy plazma ikki marta
sentrifugalanib, probirkaga faollashtiruvchi moddalar – kalsiy xlorid qo‘shish va undan keyin inkubatsiya jarayoni orqali 1 000 000/ml gacha yetkaziladi, ba’zi
ma’lumotlarga ko‘ra 970-1574 min/ml [4].

Annikov V.V. va boshqalar [1] tomonidan trombotsitlarga boy plazma bilan itlarda aseptik osteoartrozni davolab, ijobiy natijalar olingan.

Tadqiqot maqsadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan «Miosta H®» preparatining
ichki xo‘jaliklarda va aholining sport otlarida uchraydigan yiringli oyoq bo‘g‘im yallig‘lanishlarini davolashdagi samaradorligini aniqlashdan iborat.

Tadqiqot obyekti va usullari.

Davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarimiz respublikadagi Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Samarqand
viloyatlarida aholining sport otlarida uchraydigan yiringli oyoq bo‘g‘im yallig‘lanishlari bilan kasallangan otlarda amalga oshirildi. Tadqiqot jarayoni
Veterinariya jarrohlik va akusherlik kafedrasi viveseksiyasida o‘tkazildi.

Tadqiqotlarda xo‘jaliklardan olib kelingan otlarda veterinariya klinik tekshiruvlarining umumiy va maxsus tekshiruvlari,
ya’ni ko‘rish, palpatsiya, auskultatsiya, perkussiya, passiv va aylana harakat, rentgenografiya usullari yordamida oyoq bo‘g‘imi sohasidagi yiringli yallig‘lanish jarayonlari
kechayotgan 6 bosh ot ajratib olindi va ular 3 boshdan ikkita guruhga: nazorat va tajriba guruhiga ajratildi.

Xulosa.

Yiringli bo‘g‘im kasalliklari bilan kasallangan otlarni davolashda umumiy qo‘llaniladigan usullarga qo‘shimcha ravishda
«Miosta H®» preparatini mushak orasiga yuborish klinik samaradorlikni oshiradi va hayvonlarning tiklanish jarayonini tezlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Annikov V.V., Pigareva Yu.V., Ryjkov A.S. PRP-texnologiyadan foydalanish samaradorligi. Agrar ilmiy jurnal, 2013, №3.

  2. Vinkhodov V.V. Leykotsitar plazma va uning sinovitlarda qo‘llanilishi. Harkov, 1972.

  3. Graçev A.E. Kriokonservatsiya qilingan eritrotsitlarning sifatiga ta’siri. Moskva, 2013.

  4. Niyo‘zov X.B., Davlatov N.Sh., Juraev D. Sport otlarida bo‘g‘im kasalliklari va ularni davolash usullari. Toshkent, 2012.

 

Maqolaning asl nusxasini ko'rish

Tadbirlar

17 May 2024

Miosta Group® kompaniyasi Halol sertifikatini oldi.

Batafsil
1 May 2024

Miosta Group® kompaniyasi O'zbekistonda Respublikasida ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqda!

Batafsil
2 Fevral 2024

Miosta Group® ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun ro'yxatdan o'tish guvohnomasini oldi

Batafsil