Oʻz

SOG’IN SIGIRLAR REPRODUKTIV KO’RSATKICHLARIGA Miosta H® PREPARATINING TA’SIR

03.08.2024

Kalit so'zlar: Bog'ozlik, reproduktiv funksiyalar,Miosta H® ,ko’rsatkichlar gemoglobin, aminokislota, suspenziya, simmental zoti, regeneratsiya, morfobiokimyoviy.

Mavzuning dolzarbligi

Aholining chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talabini yanada yaxshiroq qondirish davlatimiz agrar siyosatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi PIQ-4576-sonli «Chorvachilik tarmog’ini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorida chorva mollari bosh sonini yanada ko’paytirish, ularing mahsuldorlik va zot ko’rsatkichlarini yaxshilash, parrandachilik, yilqichilik, quyonchilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish kabi dolzarb vazifalar bilan birgalikda veterinariya ilm-fani va amaliyoti mutaxassislari zimmasiga hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashni yanada
takomillashtirish vazifasini ham yukladilar.

Bu borada veterinariya fani va amaliyoti oldiga fermer xo’jaliklariga qarashli chorva mollarining kasalliklariga qarshi kurashish va davolashning hamda hayvonlar mahsuldorligi va reproduktiv xususiyatlarini yaxshilashning samarali va kamchiqim usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali mahsulotlar tannarxini kamaytirishga erishishdek dolzarb vazifalar qo’yilmoqda.

Qoramollar zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish muammolarini samarali hal etishga katta to’sqinlik qilayotgan kasalliklar orasida hayvonlar jinsiy a’zolarining kasalliklari, jumladan sigirlar bepushtliklari asosiy o’rinni egallaydi.

Adabiyot ma’lumotlarining tahlili va shaxsiy kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, respublikamizning chorvachilik fermer xo’jaliklariga chetdan keltirilgan mahsuldor sigirlarda bepushtlikning keng targalganligiga qaramasdan, ularning sabablar, rivoilanish xususiyatlari, erta aniqlash va oldini olishning samarali usullari to’liq ishlab chiqilmagan.

Rossiya Federasiyasi Voronej oblastining Bobrovskiy rayoni janubiy g’arbiy kadastr kvartal qismi 36:02:5400027 «BIOSTIM» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan Miosta H® preparati in’eksiya uchun mo’ljallangan suspenziya bo’lib, 1 ml preparat tarkibi-da 2 mg – faol reseptor rekombinant oqsili (ActRIlb) va shakl beruvchi moddalar saqlaydi.

Tadqiqotlar maqsadi. Miosta H®  oqsilli va aminokislotali preparatning qoramollarda qonning morfo-biokimyoviy ko’rsatkichlari, sigirlarda sut mahsuldorligi va reproduktiv funksiyalariga ta’sirini o’rganish.

Tadqiqot joyi, obyekti va uslubiyatlar. Tadqiqotlar Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani «OBODONCHILIK» fermer xo’jaligiga qarashli qoramollarda o’tkazildi. Miosta H® suspenziya holidagi in’eksiya uchun (hajmi 100 ml, seriyasi MI000003U, ro’yxatdan o’tgan raqami Ne:001133-22, 25.08.2022-yilda ishlab chiqarilgan, yaroqlilik muddati 24.08.2024-yilgacha) oqsilli va aminokislotali preparatni qoramollarda qonning morfo-biokimyoviy ko’rsatkichlari, suyak, tog’ay, paylarining regeneratsiyasiga ta’siri, tana vaznining ortishi, jun, teri qoplamasining yangilanishi, organizm umumiy rezistentligi, sigirlarda sut mahsuldorligi va reproduktiv funksiyalariga ta’sirini o’rganish va preparatning organizmga nojo’ya ta’sirlari bor-yo’qligini kuzatish maqsadida xo’jalikdagi 10 bosh simmental zoti bepushtligi ultratovush tekshiruvi (UTT) yordamida aniqlangan sog’in sigirlar tanlab olindi. Ular har birida 5 boshdan sigirlar bo’lgan tajriba va nazorat guruhlariga ajratilib, birinchi tajriba guruhidagi sigirlarga birinchi marta 11.06.2023-yilda va ikkinchi marta 10.10.2023-yil kuni  Miosta H® preparati bo’yinning o’rta qismi mushak orasiga, har ikki tomondan 2,5 ml, jami – 5 ml yuborildi.Nazorat guruhidagi sigirlar faqat xo’jalikda joriy etilgan ratsionda parvarishlandi.

Responsive Image
Responsive Image

Eslatma: A- 14.08.2023-yil, tajribalar boshlanishida; B- 25.10.23- tajribalar yakunlanishida.

Preparat ta’sirini to’liqroq asoslangan dalillarda isbotlash maqsadida tajriba va nazorat guruhidagi sigirlardan 2 namunadan qon olinib, Veterinariya ilmiy tadqiqot institutining parazitologiya laboratoriyasida «BIOBASE» gemoanalizatorida tekshirishlar o’tkazildi. Tajribalarni boshlashdan oldin, tajribalar davomida va har 20 kunda bir marta sigirlarning sut mahsuldorligi, sutning yog’liligi va boshqa ko’rsatkichlari aniqlandi. Sutni laboratoriya tekshirishlari Samarqand viloyati «Hayvonlar kasalliklari tashxisi va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Davlat markazi»da «LAKTAN» – ekspress analizatori yordamida o’tkazildi.Tajribadagi sigirlarda kuzatish, klinik tekshirishlar o’tkazilib, tashqi fiziologik o’zgarishlar, ya’ni teri va jun qoplamasining yangilanishi (tullash) va semizlik darajasi aniqlandi. Sigirlarda kuyikish kuzatilishi, jinsiy qo’zg’alish belgilarining namoyon bo’lishi, klinik tekshirishlar bilan tana harorati, bir daqiqadagi nafas va yurak urishi soni, ikki daqiqadagi katta qorin devorining qisqarishlari soni va kuchi aniqlandi.
Tajriba guruhidagi 5 bosh bepusht sigirlarga  Miosta H® preparatni qo’llashda tasdiqlangan yo’riqnoma ko’rsatmalariga to’liq amal qilindi, belgilangan dozalarda va muddatlarda in’eksiya o’tkazildi.

Olingan natijalar tahlili. Tajribalar davomida preparatning tajriba guruhidagi sigirlar fiziologik holati, mahsuldorligi va sog’ligiga nojo’ya ta’sirlari aniqlanmadi va aksincha sigirlar sog’lomligi yaxshilanishi qayd etildi.

Tajribalar davomida  Miosta H® preparati takroriy in’eksiyasi o’tkazilgandan keyin fiziologik o’ zgarishlar nazorat guruhidagi sigirlarga solishtirilganda preparatning qoramollar organizmida moddalar almashinuvining yaxshilanishi, qonning morfologik va biokimyoviy ko’rsatkichlari me’yorlashishi, sigirlarda ishtahaning yaxshilanishi, tana vazni oshishi, sog’ib olinayotgan sut miqdori va yog’lilik darajasining ortishi, organizm tabiiy rezistentligining yaxshilanishi, suyak, pay va tog’ay to’qimalari regeneratsiyasidagi ijobiy o’zgarishlarni va preparatni qo’llashda nojo’ya ta’sirlar aniqlanmadi, tajribalarning oxiriga kelib, tajribalarning boshidagi ko’rsatkichlarga nisbatan qondagi eritrotsitlarning o’rtacha 4,636 dan 6,512 1012/1 ga, gemoglobinning – 74 dan 96,5 gacha, 22,5 ga ko’payishi qayd etildi. Tajriba guruhidagi sigirlarning 3 boshi birinchi in’eksiya qilingandan keyingi 7- kunida, qolganlarining preparat ikkinchi marta in’eksiya qilingandan keyin kuyga kelishi qayd etilib, rektoservikal usulda sun’iy urug’ lantirildi. Urug’lantirilgandan 30 kun o’tgach, UTT yordamida tekshirish bilan barcha sigirlarning bo’g’ozligi tasdiqlandi. Nazorat guruhidagi 3 bosh sigirda kuyikish qayd etilib, sun’iy urug’lantirildi. Bu ma’lumotlar Miosta H® preparatining sigirlarda modda almashinuvlarini stimullash bilan alimentar-endokrin etiologiyali bepushtliklari profilaktik davolashda samaradorligi yuqori ekanligini ko’rsatadi.

Xulosa. Miosta H® preparatini bo’yinning o’rta qismi mushak orasiga, har ikki tomondan 2,5 ml, jami- 5 ml yuborish sigirlarda moddalar almashinuvining yaxshilanishi, qonning morfologik va biokimyoviy ko’rsatkichlari me’yorlashishi, ishtahaning yaxshilanishi, tana vazni oshishi, sog’ib olinayotgan sut miqdori va yog’ilik darajasining ortishi va reproduktiv xususiyatlarining yaxshilanishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Эффективный метод профилактики нарушения витамин-но-минерального обмена у коров С.Б. Эшбуриев, Б.М. Эшбуриeв – The Way of Science, 2014.
2. Mahsuldor sigirlarda tuxumdonlar disfunksiyalarining etiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish B.M. Eshburiyev, S.O.
3.Ibroximov, K.A. Mirzakasimova – Agrobiotexnologiya va veteri-nariya, 2023.
4.Veterinariya akusherligi. B.M. Eshburiyev – Darslik. Tosh-kent, 2018
Причины, патогенез и совроменные методы диагностики гипофункции янчников у коров (анализ литературы) В Bshbu-riyev, B Alimoy – Вестник ветеринарии и животноводства (ssuv.uz), 2022.
5. Etiopathogenesis and symptoms of hypocobaltosis in productive cows. V.B. Abdumajitov, B.M. Eshburiev, S.3. Eshburiev
– Academicia: an international multidisciplinary rescarch. 2021.
6.  Miosta H® yo’riqnomasi «BIOSTIM» MChJ bilan hamkorlikda *BIOMED-RESURS» MChI Rossiya Federasiyasi tomonidan ishlab chigilgan.

Tadbirlar

17 May 2024

Miosta Group® kompaniyasi Halol sertifikatini oldi.

Batafsil
1 May 2024

Miosta Group® kompaniyasi O'zbekistonda Respublikasida ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqda!

Batafsil
2 Fevral 2024

Miosta Group® ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun ro'yxatdan o'tish guvohnomasini oldi

Batafsil