
Miosta olimlar bilan hamkor – samimiy hamnafas
04.01.2024

Samarkand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universitetida taniqli olimlar, iqtidorli tadqiqotchilaru talabalar ishtirokida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va "Miosta" MCHJi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv seminar tashkil qilindi.** Har qanday ilmiy yangilik, tavsiya va ko‘rsatmalar, turli firma va kompaniyalarning dori-darmonlari, ozuqaviy qo‘shimchalari amaliyotda o‘z samarasini bersa, buni faqat olqishlash va kelajakda mahalliylashtirish kerak.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universitetida taniqli olimlar, iqtidorli tadqiqotchilaru talabalar ishtirokida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va «Miosta» MCHJi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv seminar tashkil qilindi.
Har qanday ilmiy yangilik, tavsiya va ko‘rsatmalar, turli firma va kompaniyalarning dori-darmonlari, ozuqaviy qo‘shimchalari amaliyotda o‘z samarasini bersa, buni faqat olqishlash, kelajakda mahalliylashtirish kerak.
Ana shu ma’noda bugungi uchrashuvimiz ahamiyatlidir, – dedi universitet rektori, biologiya fanlari doktori, professor X. B. Yunusov.
Seminarda so‘z olgan viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nurbek Sharipov epizootiyaga qarshi profilaktik tadbirlarning namunali o‘tkazilayotganligi va «Dolzarb 90 kunlik» doirasida mutaxassislar faoliyati to‘liq nazoratda ekanligini ta’kidladi va bu borada «Miosta» MCHJ taklif etayotgan mahsulotlar kutilganidek samarali natija berayotganini qayd etdi.
Universitet professori, veterinariya fanlari doktori B.M. Eshburiev va «Miosta» MCHJ rahbari E.R. Kusaevlar
«Miosta H®» preparatining qoramollarga qo‘llanilishi va mazkur preparat qoramollarning tirik vaznini oshirishda, sut mahsuldorligini ko‘paytirishda, jun-teri qoplami va hayvonning reproduktiv holatini yaxshilashda, immunitetni mustahkamlashda, suyak va pay regeneratsiyasini tezlashtirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tishdi.
Pastdarg‘om tumanidagi fermer xo‘jaliklari va aholi shaxsiy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan ilmiy tajribalar teleekran orqali namoyish qilindi.
«Miosta» mas’uliyati cheklangan jamiyati menejeri M.M. Ahmedov foto va videomateriallardan foydalangan holda o‘tkazilgan tajribalarni atroflicha sharhlab berdi.
Seminar yakunida mutasaddilar universitet olimlari bilan «Miosta» MCHJ o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorliklarni yana-da rivojlantirishga, tadqiqotlar natijalarini universitet o‘quv-ta’lim jarayonlarida qo‘llashga hamda shu yo‘nalishdagi ilmiy maqolalarni matbuotda uzluksiz chop etib borishga kelishib oldilar.
Sevinch Ergashova