
Surxondaryo viloyati sharoitidagi zotli sigirlarda metabolizm jarayonlariga preparatining ta’siri
10.08.2024

Kalit so'zlar: pleymen korovasi, modda almashinuvi, texnogen omil, "Miosta H®", klinik belgilari, qon o'zgarishlari, sut mahsuldorligi.

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi hukumatining amalga oshirayotgan agrar islohotlar ijrosidagi asosiy to’siqlardan biri mahsuldor qoramollarning alimentar – endemik va texnogen tabiatli kasalliklari hisoblanadi. Chunki bunday kasalliklar oqibatida hayvonlarda o’riqlash, sut mahsuldorligining pasayishi, reproduktiv faoliyatning susayishi, shuningdek, majburiy so’ylilish holatlarining tez-tez kuzatilishi tufayli fermer xo’jaliklari katta iqtisodiy zarar ko’rish ehtimolining mavjudligini e’tiborga olgan holda bunday og’ir patologiyalarga qarshi kurashishda zamonaviy profilaktik vositalarni izlab topishga qaratilgan tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqotlar obyekti va uslublari. Tadqiqotlar 2023-2024-yillar davomida Surxondaryo viloyatining Angor tumaniidagi «Chorvodor Normo’min» fermer xo’jaligi sharoitidagi 5-6 yoshli qora-ola zotli sigirlarida olib borildi. Dastlab tumandagi kushxonalarda sog‘ilgan qoramollar jigar va qalqonsimon bez to‘qimalari organoleptik tekshirishlardan o’tkazildi. Dispanserlash orqali sigirlar klinik tekshiruvlardan, ulardan olingan qon namunalari unifikatsiyalangan usullardan yordamida morfo-biokimyoviy tekshirishlardan o’tkazildi. Hududlarda olangan tuproq namunalarini mikroelementlar va sho‘rlanish darajasiga tekshirildi.
Tajribalar uchun 5 bosh qora-ola zotli sog‘in sigirlar tanlandi. Birinchi marta «Miosta H®» preparati bo‘yinning o‘rtasi mushak orasiga, har ikki tomondan 2,5 ml, jami 5 ml yuborildi.

Tajribadagi sigirlar 30 kun davomida klinik tekshirishlardan, ulardan olingan qon namunalari morfo-biokimyoviy tekshirishlardan o’tkazib turildi. Sigirlarning sut mahsuldorligi nazorat qilindi.
Tekshirsh natijalari va ularning tahlili. Tajriba natijalari shuni ko’rsatdiki, «Miosta H®» preparati qo’llangan sigirlarda tajriba davomida umumiy ahvolining muntazam yaxshilanib, ishtahaning oshib borishi, shuningdek yurak va qon tomirlar, nafas va asab tizimlari faoliyatining barqarorlashishi hamda jigar faoliyatining mo»tadillashishi belgilarigayd etildi.
1-jadval
«Miosta H®» preparati qo‘llanilgan sigirlar qonining morfo-biokimyoviy ko‘rsatkichlari dinamikasi

Eslatma: A – 15.03.2024-yil, tajribalar boshlanishida; B – 15.04.24-yil tajribalar yakunlanishida.
2-jadval
«Miosta H®» preparati qo‘llanilgan sigirlar sut namunalari «LAKTAN» analizatorida tekshirish natijalari.

Eslatma: A – 15.03.2024-yil, tajribalar boshlanishida; B – 15.04.24-yil tajribalar yakunlanishida.
Qon namunalari tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, 30 kun davomida eritrotsitlar soni, gemoglobin, umumi y oqsil va glukoza miqdorlarining o‘rtacha 10-50 %gacha oshishi, shuningdek, xolestirinning 10-20 %ga kamayishi hamda gematokritning barqarorlashishi kuzatildi (1-jadval).
Tajriba natijalari, shuningdek, preparat ta’sirida sigirlar sut mahsuldorligining o‘rtacha 35-50 %ga, yog‘lik darajasining 10-45 %ga oshishini ko‘rsatdi (2-jadval).
Xulosalar.
-
Surxondaryo viloyati sharoitlarida parvarishlanayotgan zotli qoramollar orasida modda almashinuvi buzilishlari asosan oqsillar va mineral moddalar almashinuvi bilan birgalikdagi buzilishlari, yod endemiyasi va jigar distrofiyasi bilan kechadigan murakkab patologiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitning texnogen ifloslanishi tufayli va judda keluvchi ekstremal sharoitlardagi sigirlarda oqsillar va mineral moddalar almashinuvidan buzilishlari, yod endemiyasi va jigar distrofiyasi bilan namoyon bo‘ladigan murakkab patologiya klinik jihatdan orqilash, sut mahsuldorligining pasayishi, puls va nafasning tezlashishi, oshqozon oldi bo‘limlarining gipo- va atoniyasi, flyuroz, o‘xirgi dum umurtqalarning so‘rilishi, jigarning kattalashishi va palpatsiyada o‘riq sezilishi, qalqonsimon bezning hajmiga kattalashishi, shuningdek, o‘ziga xos turli xildagi ortopedik va reproduktiv buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi.
3. Tashqi muhitning texnogen ifloslanishi tufayli vujudga keluvchi ekstremal sharoitlardagi sigirlarda oqsillar va mineral moddalar almashinuvi buzilishlari, yod endemiyasi va jigar distrofiyasi bilan namoyon bo‘ladi, shuningdek, murakkab patologiya paytida sigirlarga belgilangan miqdor va tartibda «Miosta H®» preparatining qo‘llanilishi umumiy ahvolning muntazam yaxshilanib borishi, ishtahaning oshib borishi, shuningdek yurak va qon tomirlar, nafas va asab tizimlari faoliyatining barqarorlashishi hamda jigar faoliyatining mo‘’tadillashishiga olib keladi.
4. «Miosta H®» preparatini belgilangan tartib va miqdorda qo‘llash sigirlar semizlik darajasining oshishi, shuningdek, ular sut mahsuldorligining o‘rtacha 35-50 % ga va yog‘lilik darajasining 10-45 % ga oshishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
- Bakirov B. Hayvonlarning ichki infektsion kasalliklari. YUQ ko’llanma. Samarqand. 2015. 416 B.
- Bakirov B. Hayvonlarda moddalar almashinuvidagi buzilishlari va jigar kasalliklari. Monografiya. Samarqand. 2016. 284 B.
- Norboev K., Bakirov B., Shumbayev B.M. Hayvonlarning ichki infektsion kasalliklari. Darslik. 2019. 496 B.
- Bakirov B., Daminov A.C., Ruzikulov N.B., Toylokov T., Saidjanov D., Kurbonov Sh., Boboev O.R., Khudjamshukov A. Hayvonlar kasalliklari. Ma’lumotnoma. Ikkinchi nashr. Samarqand, 2019. 552 B.
- Kondrakhin I.P., Levechenko V.I. Diagnostika i terapiya vnutrennikh bolezney zhivotnykh. – M.: Akvarium-Print, 2005. – 830.
- Vnutrennie bolezni zhivotnykh. Uchebnik. Shcherbakov G.G. i dr. Sankt-Peterburg. 2002.
- Ro‘ziqulov N.B. Yosh hayvonlar va partandalari terapiyasi. 1-nashr: “Fan ziyozi” nashriyoti, Toshkent, 2023. 148 B.
- Ro‘ziqulov N.B. Yosh hayvonlar kasalliklari. O‘quv qo‘llanma “Fan ziyozi” nashriyoti, Toshkent, 2023. 148 B.
- Ruzikulov N.B. So‘nggi sigirlarida jigar distrofiyasi kasalligi guruhidagi profilaktik davolash choratadbirlari. Monografiya. “Fan ziyozi” nashriyoti, Toshkent, 2024. 185 B.
- Bradford P.Smith, David C. Van Metre, Nicolau Pustera. Large Animal Internal Medicine. Sixth Edition. ELSEVIER. Printed in the United States of America, 2020 by. – P. 1874.