Oʻz

Preparatning qoramollarda modda almashinuvi holatiga ta’siri priaral sharoitida

09.06.2024

Mavzuning dolzarbligi

Respublika aholisining hayot sifatini oshirish maqsadida chorvachilikni har tomonlama rivojlantirish va veterinariyada epizootik vaziyatni ta’minlashga qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda asosiy to‘siqlardan biri plemenoy chorvalarda geoekologik va endemik tashqi muhit sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan hayvon kasalliklaridir.

Bizning tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, Qoraqalpog‘iston sharoitida nisbatan past chorvachilik madaniyatiga ega ayrim fermer xo‘jaliklarida modda almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar sut yo‘nalishidagi sigirlarning o‘rtacha 50-70% ni qamrab oladi. Bu esa o‘z navbatida sigirlarning tana vazni pasayishi, sut mahsuldorligining keskin kamayishi va reproduktiv ko‘rsatkichlarning yomonlashishiga olib keladi. Bu holat yosh naslning yashovchanlik qobiliyati pasayishiga hamda majburiy so‘yish holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Sanab o‘tilganlar barchasi respublika xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazib, mazkur patologiyaga qarshi erta diagnostika, zamonaviy terapiya va samarali guruhli profilaktika choralarini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.


Material va tadqiqot usullari

Tajribalari 2023-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida joylashgan “Seyit Sharau” fermer xo‘jaligida golshtein zotli sigirlarda o‘tkazildi. Dispanserizatsiya natijalari modda almashinuvi holatini aniqlab, vitamin-mineral almashinuvi buzilishini ko‘rsatdi.

Profilaktika maqsadida «Miosta H®» veterinariya preparati qo‘llanildi. Ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq in’ektsiya uchun suspenziya shaklida, 10 ml hajmda, MIO0003 MU seriyasi, ro‘yxatdan o‘tkazish raqami №001133-22, 25.08.2022 y. ishlab chiqarilgan, yaroqlilik muddati 24.08.2024 y.

Responsive Image
Responsive Image

Tajriba uchun 6 ta golshtein zotli qora-ola sigirlar tanlab olindi. Preparat har bir hayvonga 2,5 ml miqdorda, bo‘yinning o‘ng va chap tomonidan mushak orasiga yuborildi.


Klinik tadqiqotlar, morfologik-biokimyoviy qon tahlillari, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi shuni ko‘rsatdiki, Priaral sharoitida plemenoy sigirlarda eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri chuqur modda almashinuvi buzilishlari bo‘lib, ular mikroelementozlar va gepatoz bilan xarakterlanadi.

Kasallikning asosiy etiologik omillari ozuqaning past oziqaviy qiymati bilan bir qatorda tuproqning yuqori sho‘rlanganligi, marganets, rux va kobalt kabi ayrim mikroelementlarning kamligi, shuningdek ozuqada xlorid miqdorining yuqoriligi hisoblanadi.

Klinik belgilar:

  • 5-27,5% holatlarda ishtaha yo‘qolishi (ayrimlarida cho‘zish va til chiqarish);

  • 19,0-33,5% holatlarda me’da oldi bo‘shliqlari gipotoniyasi va atoniyasi;

  • 36,2-88,8% holatlarda ich ketishi;

  • 15,0-42,3% holatlarda teri yuzasining bo‘rtishi va elastiklik pasayishi;

  • 13,7-22,0% holatlarda shilliq qavatlar anemiyasi va sarg‘ayishi;

  • 19,3-44,0% holatlarda yurak urishi tezlashishi;

  • 17,0-52,2% holatlarda nafas olish tezlashishi;

  • 12,0-30,2% holatlarda jigar hajmining oshishi,

  • 19,0-36,2% holatlarda jigar sohasida og‘riq,

  • 17,0-25,0% holatlarda laminat va pododermatit kabi panja kasalliklari kuzatilgan.

Qon tahlillari eritrotsitlar, gemoglobin, umumiy oqsil, glyukoza, kalsiy va noorganik fosforning kamayishini, bilirubin fraksiyalari va AlAT, AsAT faoliyatining oshganligini ko‘rsatdi.


Preparat samaradorligi va natijalar

«Miosta H®» veterinariya preparatidan foydalanish klinik-fiziologik holatning sezilarli yaxshilanishi, mahsuldorlikning oshishi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimining me’yorlashishi, shuningdek, suyak-mushak va harakat tizimi mustahkamlanishi bilan xarakterlandi.

Qon tahlillari bo‘yicha dinamika 1-jadvalda keltirilgan.

Responsive Image
Responsive Image

1-jadvalda ma’lumotlariga ko‘ra, «Miosta H®» preparatidan foydalanish qonda eritrotsitlar, gemoglobin, umumiy oqsil va glyukoza miqdorining oshishiga, xolesterin darajasining pasayishiga va gematokritning barqarorlashishiga olib keldi, bu esa organizmdagi modda almashinuvi jarayonlarining normallashganligini ko‘rsatadi.

Sut mahsuldorligi bo‘yicha dinamika 2-jadvalda keltirilgan.

Responsive Image
Responsive Image

Xulosa

«Miosta H®» veterinariya preparatini 30 kun davomida qo‘llash vitamin-mineral (kalsiy-fosfor va D-vitamin almashinuvi) hamda mikroelement almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq gepatoz holatida:

  • klinik-fiziologik holatni yaxshilash,

  • modda almashinuvi jarayonlarini normallashtirish,

  • sut mahsuldorligini o‘rtacha 10-20% ga oshirish samaradorligini berdi.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Norboyev, O. N., Bakirov, B. B., & Esbbitoyev, B. M. (2020). Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. Toshkent-2007 yil.

  2. Bakirov, B. (2015). Hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. Samarqand: «Nasimov» HK.

  3. Bakirov, B. (2016). Hayvonlarda modda almashinuvi buzilishi hamda jigar kasalliklari. Monografiya. Samarqand.

Maqolaning asl nusxasini ko'rish

Tadbirlar

17 May 2024

Miosta Group® kompaniyasi Halol sertifikatini oldi.

Batafsil
1 May 2024

Miosta Group® kompaniyasi O'zbekistonda Respublikasida ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqda!

Batafsil
2 Fevral 2024

Miosta Group® ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun ro'yxatdan o'tish guvohnomasini oldi

Batafsil